Mali prezidenti mehmonxonada garovga olinganlarning 19 nafari qurbon bo‘lganini aytdi

  • 21 noyabr 2015, 10:27
  • 4 952
  • Dunyo
  • Mali poytaxti Bamakodagi Radisson Blu mehmonxonasiga uyushtirilgan hujum natijasida 19 kishi halok bo‘ldi, etti kishi jarohatlandi, ikki jangari yo‘q qilindi. Bu haqda mamlakat prezidenti Ibragim Bubakar Keyta ma’lum qildi, deb yozadi «RIA Novosti».

    Mali prezidenti mehmonxonada garovga olinganlarning 19 nafari qurbon bo‘lganini aytdi

    Prezident mamlakatda favqulodda holat joriy etilishini e’lon qildi.

    O‘z navbatida, terrorizmga qarshi kurash bo‘linmasi prokurori hujumlarda, avval xabar qilingani kabi o‘n kishi emas, balki ikki kishi qatnashgani, ular Kalashnikov avtomatlari bilan qurollangan bo‘lganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, huquqni himoya qilish kuchlari operasiya chog‘ida 105 kishini ozod etgan.

    Eslatib o‘tamiz, 20 noyabr, juma kuni jangarilar Mali poytaxti Bamakodagi Radisson mehmonxonasiga hujum qilib, 170 kishini garovga oldi.

    Mazkur hujum uchun javobgarlikni «Al-Qoida» bilan bog‘liq «Al-Murabbitun» terrorchilik guruhi o‘z zimmasiga oldi. Mazkur guruh Malidagi mehmonxonalarga mart (5 nafar qurbon) va avgust (13 nafar qurbon) oylarida uyushtirilgan hujumlar uchun ham mas’uliyatni zimmasiga olgandi.


    Manba: Daryo.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Mali prezidenti mehmonxonada garovga olinganlarning 19 nafari qurbon bo‘lganini aytdi