16:26 / 26.04.2018
5 123

Basseyn qurilmasiga oyog‘i tiqilib qolgan bola 9 daqiqa davomida suv tagida qolib ketdi (video)

Basseyn qurilmasiga oyog‘i tiqilib qolgan bola 9 daqiqa davomida suv tagida qolib ketdi (video)
AQSHning Janubiy Karolina shtatida yashovchi 12 yoshli bola basseynda cho‘milayotgan paytda oyog‘i basseyn qurilmasiga tiqilib qolib, halok bo‘lishiga bir bahya qoldi, deb xabar berdi Darakchi nashri.

Kuzatuv kamerasi mash’um hodisani videoga oldi. Voqea Nort-Mitl-Bichda 19 martda ro‘y berganiga qaramay, huquq-tartibot idorasi xodimlari uni endi ommaga oshkor etishdi.

Ota-onasi bilan Avista Resort mehmonxonasida dam olayotgan bolalar “zabt etish” uchun suvli attraksionga yo‘l olishgan. Cho‘milish jonlariga tekkandan keyin ular basseynga suv yetkazib beradigan quvurlarni tekshirib ko‘rishga kirishishgan.

Bolalardan biri 15 santimerlik quvurni tepish uchun harakat qilganda oyog‘i quvurlar orasiga kirib, qisilib qolgan. Bola yuqoriga chiqishga harakat qilgan, biroq suv ostidan mustaqil ravishda chiqishning ilojini topolmagan.

Uning baxtiga sayyohlardan biri sun’iy nafas oldirishni bilgan. 9 daqiqa-yu, 18 soniya davomida suv ostida qolgan bola mo‘jiza tufayli omon qoldi. Birinchi tez tibbiy yordamdan keyin bola kasalxonaga yotqizildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Basseyn qurilmasiga oyog‘i tiqilib qolgan bola 9 daqiqa davomida suv tagida qolib ketdi (video)