13:15 / 06.05.2018
4 172

Havayida uyg‘ongan vulqon sababli odamlar evakuatsiya qilinmoqda

Havayi orolida dunyodagi eng xavfli vulqonlardan biri Kilau-Ea uyg‘ondi. Shu sababli yaqin atrofdagi 2 mingga yaqin odam evakuatsiya qilindi, deb yozmoqda Kun.uz sayti.
Havayida uyg‘ongan vulqon sababli odamlar evakuatsiya qilinmoqda
Vulqondan otilib chiqqan lava o‘rmonlarda yong‘in chiqarib, turar joylarga ham yetib kelgan. Ta’kidlanishicha, kul sababli ko‘rinish darajasi yomonlashgan, nafas olib bo‘lmayapti.



Tabiiy ofat hududini hammasi bo‘lib 10 mingdan ko‘proq odam tark etishi kerak. Ularga AQSh milliy gvardiyasi bo‘linmalari yordam bermoqda.

Vulqon otilishidan oldinroq AQSh geologik xizmati vulqon hududida magnitudasi 5 ballni tashkil qiluvchi bir nechta yer silkinishini qayd qilgan.

Kilau-Ea dunyodagi eng faol vulqonlardan biri hisoblanadi.






arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Havayida uyg‘ongan vulqon sababli odamlar evakuatsiya qilinmoqda