09:57 / 09.06.2018
4 213

Avstraliyada tog‘da yo‘qolib qolgan alpinist qiz olti kun ovqatsiz yashadi

Avstraliyada tog‘da yo‘qolib qolgan alpinist qiz olti kun ovqatsiz yashadi
Avstraliyaning Kvinslend shtatidagi tog‘li hududda yo‘qolib qolgan Janubiy koreyalik sayyoh ayol topildi, deb xabar beradi Daryo.

U olti kun ozuqasiz va kerakli asbob-anjomlarsiz kun kechirdi.

25 yoshli Chjuxi Xan Tayson tog‘iga yolg‘iz o‘zi sayrga otlangan edi. U toqqa 1 iyun kuni yetib olmoqchi edi. Belgilangan kundan bir kun avval u Tulli shaharchasidagi supermarketga kirgan va shundan beri uni hech kim ko‘rmayotgan edi. 6 iyun kuni qizning do‘stlari politsiyaga murojaat etdi va uning yo‘qolib qolganini ma’lum qildi.

Qizni izlashga aviatsiya va harbiy vertolyotlar jalb qilindi.

Operatsiyada 20 harbiy xizmatchi, 14 nafar ko‘ngilli, politsiyachilar, Kvinslend yovvoyi tabiati va bog‘ xizmatlari xodimlari ishtirok etdi.

Qutqaruvchilar guruhi 2 iyun kuni qizni borish mushkul bo‘lgan g‘ordan topdi.

Aniqlanishicha, Xan toqqa chiqqan, yiqilib tishgan va hushini yo‘qotgan.

Besh soatdan so‘ng u ko‘zini ochgan. Qiz tog‘li hududda sharsharali g‘orga yetib olmaguniga qadar emaklab ketavergan. U o‘sha yerda olti kun yordam kutgan. Xanda havo harorati o‘n darajagacha tushib ketganida na ozuqa, na kiyim-bosh bor edi.

Qutqaruvchilar Xanni vertolyotda g‘ordan olib ketgan. Uning ayrim joylari shilingan, ko‘kargan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Avstraliyada tog‘da yo‘qolib qolgan alpinist qiz olti kun ovqatsiz yashadi