09:56 / 28.06.2018
3 790

Malayziyalik boyvachcha smartfonlari portlashi natijasida halok bo‘ldi

Malayziyalik boyvachcha smartfonlari portlashi natijasida halok bo‘ldi
Malayziyalik tadbirkor, “Cradle Fund” kompaniyasi ijrochi direktori 45 yoshli Nazrin Xassan o‘zining “Blackberry” hamda “Huawei” smartfonlarini uxlashga yotishdan oldin karavoti yoniga elektr quvvatiga to‘yintirish uchun qo‘ygandi. Kechasi ikki smartfonning biri portlashi oqibatida halok bo‘ldi. Aytishlaricha, smartfon portlaganda, tadbirkorning bosh va tanasidagi yana ko‘plab qismlarga jiddiy shikast yetgan. U uxlayotgan karavotdagi ko‘rpa-to‘shaklar ham kuyib kul bo‘lgan.

Hozirgi paytda sud tibbiy ekspertiza xodimlari fojia bilan bog‘liq faktlarni o‘rganib chiqmoqda. Mahalliy prokuratura esa ushbu fakt yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atgan.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Malayziyalik boyvachcha smartfonlari portlashi natijasida halok bo‘ldi