23:16 / 29.10.2018
3 772

Ming dollarlik banknota auksionda 2 million dollarga sotildi

Ming dollarlik banknota auksionda 2 million dollarga sotildi
AQShdagi auksionda noyob ming dollarlik banknota 2 mln dollarga sotildi. Bu haqda Fox News portaliga tayanib Kun.uz ma’lum qildi.

Auksion 25 oktyabrda Baltimor shahrida Stack’s Bowers Galleries auksion uyi tomonidan o‘tkazilgan.

1890 yilda chop etilgan kupyura orqa tomonidagi yashil rangdagi yo‘l-yo‘l nollar sababli “Katta Tarvuz” (Grand Watermelon) deb atalgan. Banknotaning old tomonida 1863 yilda AQShdagi fuqarolik urushining hal qiluvchi jangida general Lini tor-mor etgan general-mayor Jorj Gordon Mid surati tasvirlangan.

Kolleksionerlarga shunday banknotadan bor-yo‘g‘i 7 ta borligi ma’lum. “Ushbu banknota muomalada bo‘lgan eng noyob va orzu qilinadigan kupyuralardan biridir”, deb aytgan auksion uyi direktori Brayan Kendrella. Uning aytishicha, xususiy kolleksiyalarda bunday kupyuradan 3 tasi saqlanadi va savdoga qo‘yilgani ular ichida eng yaxshi saqlangani hisoblanadi.

Banknota 2005 yilda ham sotilgan. O‘shanda u million dollardan qimmatroqqa sotilgan ilk kupyura bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ming dollarlik banknota auksionda 2 million dollarga sotildi