19:24 / 01.11.2018
3 375

Moskvada sehr-jodu maktabi ochilmoqda

Moskvada sehr-jodu maktabi ochilmoqda
Moskvada iqtidorli bolalar va kattalarni o‘z bag‘riga chorlaydigan «Xalqaro sehr-jodu universiteti» tashkil etiladi.

Bu haqda “Zabardast jodugarlar imperiyasi” Tashkiloti asoschisi Alyona Polin jurnalistlarga ma’lum qilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, u allaqachon brendni registratsiyadan o‘tkazishga harakat boshlab yuborgan. Hozirda joduni o‘rgatadigan qisqa muddatli kurslar tashkil etilgan. Oddiy insonlar uchun boshlang‘ich ta’lim olish bepul tashkil etilgan.

Rossiyaning mazkur «Xogvarts»ida talabalar taro kartalarida fol ochish, dunyo xalqlari madaniyati va san’ati, rus yozuvchilarining asarlari ham o‘rgatiladi. Universitetga 14 yoshdan boshlab o‘smirlar qabul qilinishi rejalashtirilgan. Universitetni bitirayotganlar maxsus imtihondan o‘tib, davlat tomonidan litsenziya va diplomlarni qabul qilib olishadi.

Mazkur o‘quv dargohida siyosatchi va tadbirkorlar uchun ham maxsus kurslar tashkil etilgan. Uning bitiruvchilari sifatsiz xizmati uchun javob berishi hamda soliq to‘lashi shart.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Moskvada sehr-jodu maktabi ochilmoqda