date

AQSH aksilterror markazi rahbari Eronga qarshi urush sabab iste’fo berdi

AQSH aksilterror markazi rahbari Eronga qarshi urush sabab iste’fo berdi

AQSH Milliy aksilterror markazi rahbari Jo Kent lavozimidan ko‘ngli qo‘yib chiqishini e’lon qildi. Uning fikriga ko‘ra, bu qarorning asosiy sababi Yaqin Sharqda, ayniqsa Eron bilan bog‘liq harbiy harakatlardir.

Kent Donald Tramp ma’muriyatida terrorizmga qarshi kurashni muvofiqlashtirish vazifasida ishlagan, uning nomzodi AQSH Senati tomonidan tasdiqlanib, 2024 yil iyulidan Milliy aksilterror markazi rahbari lavozimida faoliyat boshlagan edi. Biroq u ijtimoiy tarmoq orqali prezidentga murojaat qilib, Erondagi urushni vijdonan qo‘llab-quvvatlay olmasligini ta’kidladi.

Kentning ta’kidlashicha, Eron AQSH uchun bevosita tahdid emas edi va Amerika Eronga qarshi harakatlarni Isroil va uning AQSHdagi nufuzli lobbi bosimi ostida boshlagan. Shu bois u iste’foga chiqib, urushlarda yangi avlodlarni qurbon qilish siyosatini qo‘llab-quvvatlamaslikni ma’qul topgan.

Uning shaxsiy hayoti ham bu qarorga ta’sir ko‘rsatgan: Kentning rafiqasi Shennon Kent 2019 yilda Suriyada xudkush hujumida halok bo‘lgan. Shuningdek, Kent Isroilning yuqori martabali amaldorlari va nufuzli amerikalik jurnalistlar tarqatgan ma’lumotlarning Trampning “Amerika hamma narsadan ustun” siyosatiga putur yetkazganini ham qo‘shimcha qilgan.

Hozirgacha Donald Tramp bu iste’fo haqida rasman munosabat bildirmadi. Jo Kentning qadamlari esa AQSH siyosiy muhitida va jamoatchilikda katta e’tibor qozonmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » AQSH aksilterror markazi rahbari Eronga qarshi urush sabab iste’fo berdi