date

Shri-Lanka to‘rt kunlik ish haftasiga o‘tmoqda

Shri-Lanka to‘rt kunlik ish haftasiga o‘tmoqda

Yaqin Sharqdagi mojarolar ta’siri butun dunyo iqtisodiyotiga o‘z ta’sirini ko‘rsatayotgan bir paytda, Shri-Lanka hukumati yoqilg‘i sarfini kamaytirish maqsadida yangi chora-tadbirlarni joriy etmoqda.

Ma’lum qilinishicha, mamlakatda endi to‘rt kunlik ish haftasi tizimiga o‘tish rejalashtirilgan. Ushbu qarorga ko‘ra, har chorshanba kuni davlat idoralari, davlat sektori korxonalari hamda ta’lim muassasalari uchun rasmiy dam olish kuni sifatida belgilanadi.

Mutaxassislar fikricha, bu qadam, avvalo, transport xarajatlarini qisqartirish va yoqilg‘i iste’molini kamaytirishga qaratilgan. Chunki xodimlar va talabalarning harakati kamayishi orqali benzin va dizel yoqilg‘isi sarfi sezilarli darajada pasayishi kutilmoqda.

Shu bilan birga, bu qaror mamlakat iqtisodiyotidagi mavjud muammolar, xususan, energiya resurslari yetishmovchiligi bilan ham bog‘liq ekani ta’kidlanmoqda. So‘nggi vaqtlarda global bozorlarda yoqilg‘i narxining oshishi va ta’minotdagi uzilishlar ayrim davlatlarni tejamkorlik choralarini ko‘rishga majbur qilmoqda.

Tahlilchilarga ko‘ra, Shri-Lanka tomonidan joriy etilayotgan bu tajriba boshqa davlatlar uchun ham namuna bo‘lishi mumkin. Agar ushbu tizim samara bersa, kelgusida yanada ko‘proq mamlakatlar shunga o‘xshash choralarni ko‘rishi ehtimoldan xoli emas.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Shri-Lanka to‘rt kunlik ish haftasiga o‘tmoqda