19:42 / 06.11.2018
3 799

Hindistonda 96 yoshli kampir 4-sinfni a’lo bahoga bitirdi

Hindistonda 96 yoshli kampir 4-sinfni a’lo bahoga bitirdi
Hindistonning Kerala shtatida 96 yoshli o‘rta maktab o‘quvchisi Kartiani Amma 4-sinf bitiruv imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirdi, deb xabar qilmoqda Ren.tv nashri.

Maktab o‘qituvchilarining ta’kidlashicha, keksa ayol 4-sinfning eng a’lochi o‘quvchilaridan biri ekan. U 3 ta fan bo‘yicha imtihon topshirib, jami 98 ball to‘plagan. Matematika bo‘yicha berilgan masalalarni bexato yechgani esa barchani hayratda qoldirmoqda.

Unga boshlang‘ich sinfni bitiruv sertifikatini Kerala shtati hokimi tantanali tarzda topshirdi. Kartiani o‘rta maktabda o‘qishni 92 yoshida boshlagan va o‘qish-yozishni ham shu yerda o‘rgangan. U bir umr farrosh bo‘lib ishlagan va o‘qishga sharoiti bo‘lmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindistonda 96 yoshli kampir 4-sinfni a’lo bahoga bitirdi