Komik aktyor Jim Kerri Mark Sukerbergga maxsus kod orqali shifrlangan noma yo‘lladi. Jim Kerri bu yozuvlarni o‘z "Twitter" akkauntida e’lon qilgan.
Komik mazkur xatni "The New York Times" gazetasida "Facebook" tarmog‘ining foydalanuvchilar ma’lumotlarini ba’zi tashkilotlarga taqdim etgani fosh bo‘lgani va bu masala atrofidagi janjalli vaziyatlar haqidagi maqola sabab yozganini aytgan.
Aktyor o‘z xatiga Mark Sukerbergning rasmini ilova qilib, u yerda “Ey, #Zuckerborg. Biz sening kimligingni bilamiz va sening nimalar qilib qo‘yganingni ko‘rdik”, deb yozgan.
So‘ng “Menda senga o‘zingning tilingda yozilgan kichkina bir xabar bor”, degan aktyor. Ikki nuqtadan keyingi satrda esa “01000110 01110101 01100011 01101011 00100000 01111001 01101111 01110101 00101110 00100000 00001101 00001010” shifrlarini yuborgan.
Bu shifrlar esa ingliz tilida "F" harfi bilan boshlanadigan haqoratli jumlani bildiradi. O‘zbek tilida ushbu jumlani "jin ursin seni" deb tarjima qilish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?