17:26 / 07.01.2019
3 725

Gabonda davlat to‘ntarishi ro‘y berdi

Gabonda davlat to‘ntarishi ro‘y berdi
Gabon harbiylari demokratiyani tiklash maqsadida Afrikadagi ushbu davlatda hokimiyatni qo‘lga olganini ma’lum qildi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.

Qurolli kishilar Gabon poytaxtida davlat radiostansiyasini egallab oldi, keyinchalik davlat televideniyesi efirida xalqqa murojaat o‘qib eshittirildi.

Murojaatni o‘qib bergan leytenant Kelli Ondo Obiang o‘zini «Gabon harbiylari va maxsus xizmatlari vatanparvarlik harakati» yetakchisi deb atadi va davlat to‘ntarishi 2016 yil avgustida «yosh vatanparvarlarni o‘ldirganlar»ga qarshi qaratilganini ta’kidladi.

Gabonning amaldagi prezidenti 59 yashar Ali bin Bongo Ondimba hokimiyatni mamlakatni 1967 yildan 2009 yilgacha boshqargan otasi Umar Bongodan meros qilib olgan. U 2009 yilda saylovlarda g‘olib chiqqan, 2016 yil avgustida esa yangi saylovlarda ham muvaffaqiyat qozonganini e’lon qilgandi. Biroq muxolifat ushbu saylov natijalarini tan olmagan va mamlakatda ommaviy tartibsizliklar ro‘y bergandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Gabonda davlat to‘ntarishi ro‘y berdi