13:53 / 09.01.2019
3 038

Xabib Nurmagomedov qozogʻistonlik muxlisiga vaʼda berdi


Rossiyalik aralash qoidalar jangchisi Xabib Nurmagomedov “Instagram”da qozogʻistonlik muxlisining murojaatini eʼtibordan chetda qoldirmadi.

«Assalomu alaykum hurmatli Xabib! Mening ismim Sasha, 26 yoshdaman. Qozogʻistonning Karaganda shahridanman. Hozircha mening xotinim va bolalarim yoʻq. Ammo, Karagandadagi bolalar uyida kichik doʻstlarim bor. Ular nafaqat aqliy, balki jismoniy tomonlama ham iqtidorlilar. Ularning har birida oʻz maqsadi bor.

Ular sizning 2-3 daqiqalik chiqishingizni koʻrsalar, katta motivatsiya, hayotga, muvaffaqiyatlarga intilish paydo boʻlardi. Men sizdan faoliyatingiz haqidagi kitobni bolalar uchun sovgʻa sifatida soʻramoqchi edim. Sizning ularga qiladigan videomurojatingiz yoki kitobingiz odamlarga taʼsir koʻrsatadi, motivatsiya bagʻishlaydi va hayotda muvaffaqiyatga erishishlariga yordam beradi. Umid qilamanki, xatim sizga yetib boradi. Hurmat bilan Aleksandr», – deb xabar qoldirgan muxlis.

Oʻz oʻrnida sportchi muxlisga javob yozdi: “Men shu yil Karagandaga boraman va Xudo xohlasa albatta sizlarning bolalar uyingizga kiraman. Iltimosing boʻyicha esa «direkt”da bogʻlanaman, meni kut», – deb javob berdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xabib Nurmagomedov qozogʻistonlik muxlisiga vaʼda berdi