09:45 / 12.01.2019
4 451

Turkmaniston Prezidenti yangi tug‘ilgan toychasiga atab she’r yozdi

Turkmaniston Prezidenti yangi tug‘ilgan toychasiga atab she’r yozdi
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov "Rovach" (Ravnaq topayotgan) nomli she’r yozdi. Bu haqda Sof.uz xabar berdi.
2019 yil 1 yanvarda tug‘ilgan toycha Turkmaniston yetakchisiga ilhom baxsh etgan.

She’r Turkmaniston IIV hay’atining Berdimuhamedovga sovg‘a qilgan saman toychasiga bag‘ishlangan. Qayd etish joizki, davlat rahbari toychoqni bejiz "Rovach" (Ravnaq topayotgan) deb nomlamagan. Turkmanistonda 2019 yil "Turkmaniston – ravnaq topayotgan Vatan" yili, deb e’lon qilingan.

Ertasi kuni Berdimuhamedov Xalqaro Axaltekin ot majmuasiga tashrif buyurib, o‘z ish kabinetida ijodga vaqt ajratgan, natijada, ilhomlanib, ushbu she’rni ijod qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkmaniston Prezidenti yangi tug‘ilgan toychasiga atab she’r yozdi