Nikolas Maduro prezident lavozimini tark etishdan bosh tortdi

  • 25 yanvar 2019, 09:44
  • 1 776
  • Dunyo
  • Nikolas Maduro prezident lavozimini tark etishdan bosh tortdi
    Venesuela prezidenti Nikolas Maduro prezident lavozimini belgilangan muddat – 2025 yilgacha tark etmasligini aytdi.
    Maduro 10 yanvarda 2019 yildan 2025 yilgacha ikkinchi muddatga mamlakat prezidenti sifatida qasamyod keltirgandi.

    “Men fuqarolik jamiyati va harbiylar ko‘magida 2025 yilgacha mamlakatni boshqarishni davom ettiraman”, deb aytgan Maduro mamlakat oliy sudi oldida.

    “Men Venesuelada adolat tantana qilishini, tinchlik bo‘lishini, ijtimoiy davlat hurmat qilinishini so‘rayman. Agar adolat bo‘lsa, unda respublika ham bo‘ladi, biz respublikani ham, vatanni ham boy bermaymiz”, deb qo‘shimcha qilgan Venesuela prezidenti.

    21 yanvardan boshlab Maduroga qarshi ommaviy noroziliklar boshlangan. Mamlakat milliy assambleyasi (parlament) rahbari Xuan Guaido 23 yanvarda o‘zini Venesuela prezidenti deb e’lon qilgan, buni AQSh va Lotin Amerikasining bir qator davlatlari darhol tan olgan.

    Shuningdek, Maduro mamlakatning AQShdagi elchixonasi va konsulliklari yopilishini ma’lum qilgan.
    “Men Venesuelaning AQShdagi elchixonasi va barcha konsulliklarini yopishga qaror qildim”, deb aytgan Maduro.
    U, shuningdek, “AQSh delegatsiyasi yakshanbagacha (27 yanvargacha) mamlakatdan ketishi kerakligini” eslatib o‘tgan.

    » » Nikolas Maduro prezident lavozimini tark etishdan bosh tortdi