14:27 / 06.02.2019
4 511

Ramzon Qodirov Nurmagomedovning otasiga Mercedes sovg‘a qildi

Ramzon Qodirov Nurmagomedovning otasiga Mercedes sovg‘a qildi
Aralash yo‘nalish (MMA) bo‘yicha rossiyalik jangchi Habib Nurmagomedovning Instagram’da aytishicha, otasi Abdulmannop Checheniston rahbari Ramzon Qodirovdan qora rangdagi Mercedes’ni sovg‘a sifatida qabul qilib oldi.

Foto: Instagram/ @khabib_nurmagomedov
Sportchi otasi va «Dog‘istonning juda ko‘p oilalariga» qaratgan e’tibori uchun siyosatchiga minnatdorchilik bildirdi. Shuningdek, kichik Nurmagomedovning eslashicha, Qodirov «birodar Dog‘iston xalqiga» nisbatan munosib ishlarni amalga oshirgan.

2018 yilning noyabrida Checheniston rahbari besh yoshli Rahim Kuriyevga to‘rt ming marta gavdasini ko‘tarib-tushira olgani uchun oq Mercedes sovg‘a qilgandi. Mashina Ahmad-Hoji Qodirov jamg‘armasi nomidan bolakayga topshirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ramzon Qodirov Nurmagomedovning otasiga Mercedes sovg‘a qildi