Qozogʻistonlik chegarachilar “Gazel” kuzovida qoʻlbola yasalgan “tuynuk” yordamida Rossiya Federatsiyasiga kirib borishga uringan Oʻzbekiston fuqarolarini aniqlashdi. Mashinani Rossiya fuqarosi boshqargan deb yozadi Sof.uz nashri.
Bu haqda Qozogʻiston milliy xavfsizlik qoʻmitasi chegara xizmati matbuot-xizmati xabar qilmoqda.
Hodisa seshanbaga oʻtar kechasi Gʻarbiy-Qozogʻiston viloyatida yuz bergan.
“Gazel” avtomashinasi Rossiya fuqarosi boshqaruvida Toshkent - Samara marshruti boʻyicha harakatlanayotgan boʻlgan. Nolegallarni avtomobil tashqi va ichki oʻlchamlarining nomuvofiqligi, shuningdek, kuzov ichida yangi obshivkaning mavjudligi “sotib qoʻygan”. Avtomobilning ichki qismi tekshiruvdan oʻtkazilganda, kuzov ichida yashirin tuynukda uch nafar oʻzbekistonlik yashirinib oʻtirgani aniqlangan.
Oʻzbekiston fuqarolari ularga Rossiyaga kirish taʼqiqlangani tufayli mana shu tarzda chegarani kesib oʻtishga urinishgani aytilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi