14:14 / 14.03.2019
3 012

Tadqiqotlar 85% bolalar smartfondan ajrala olmasligini koʻrsatdi

Tadqiqotlar 85% bolalar smartfondan ajrala olmasligini koʻrsatdi
“Kasperskiy laboratoriyasi” tadqiqotlari 85 foiz bolalar smartfonidan ayrila olmasligini aniqladi. Bu haqda “Daryo” xabar berdi.

“Bizdagi maʼlumotlarga koʻra, 85 foiz bolalar smartfonidan ayrila olmaydi. Bu ular smartfon ishlatadi degani emas, balki ular internetdagi kontentdan boshqacha tarzda foydalana olmaydi”, — deydi bolalar onlayn xavfsizligi kompaniyasi eksperti Andrey Sidenko.

Uning soʻzlariga koʻra, bola qancha ulgʻaygani sari, foizdagi koʻrsatkich ham oshib boradi.

“Bolalarning deyarli yarmi shuni tan oldiki, ular ota-onasidan ikki narsani yashiradi: birinchisi ular internetda oʻtkazadigan vaqt, ikkinchisi – ular kiradigan saytlarning kontenti va u yerda nima qilishlari”, — deydi ekspert.

Kompaniyaning maʼlumotlariga koʻra, har 10 boladan 9 nafari kompyuter oʻyinlarini oʻynaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tadqiqotlar 85% bolalar smartfondan ajrala olmasligini koʻrsatdi