19:35 / 18.03.2019
13 394

Rossiyada mahalliy aholi Markaziy osiyoliklarga qarshi namoyishga chiqdi

Rossiyada mahalliy aholi Markaziy osiyoliklarga qarshi namoyishga chiqdi
Yakutskda 17 mart kuni kechqurun mahalliy aholi vakillari migrantlarga qarshi namoyishga chiqdi, deb xabar qilmoqda Sof.uz.

Xabarda aytilishiga koʻra, 17 mart kuni kechqurun Yakutsk shahri markaziy maydonida 200 ga yaqin mahalliy aholi norozilik namoyishiga chiqqan. Miting ishtirokchilari hukumatdan Markaziy osiyolik migrantlarga qarshi qonunchilikni keskinlashtirishni va aybdorlarni jazolashni talab qilishgan.

Maʼlum boʻlishicha, kelib chiqishi Markaziy Osiyo respublikalaridan biridan boʻlgan fuqaro oʻz tanishlari yordamida yoqutistonlik ayolni oʻgʻirlab ketgan va zoʻrlagan. Shundan soʻng ayol kishi politsiyaga ariza bilan murojaat qilgan.

Ayni damda qonunbuzar qoʻlga olingan va koʻrsatma bermoqda. Unga qarshi Rossiya Jinoyat kodeksining 127 moddasiga asosan (odam oʻgʻirlash va noqonuniy ushlab turish) jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada mahalliy aholi Markaziy osiyoliklarga qarshi namoyishga chiqdi