16:31 / 09.04.2019
3 657

Rossiyada «qonundagi o‘g‘ri» Tariel Oniani ozodlikka chiqdi

Rossiyada «qonundagi o‘g‘ri» Tariel Oniani ozodlikka chiqdi
Jinoiy doiralarda Taro nomi bilan tanilgan qonundagi o‘g‘ri Tariel Oniani Orenburg oblastidagi koloniyadan ozodlikka chiqarildi. Bu haqda bugun 9 aprel kuni Rossiya JIEBning mintaqa bo‘yicha bo‘limi matbuot xizmati xabar bergan deb yozadi Kun.uz nashri.

«U sud tomonidan berilgan jazo muddatini o‘tab bo‘ldi va biz uni ozod etdik», - deya aniqlik kiritishgan JIEBdan.

Seshanba kuni Taroning advokati Aleksandr Kobaidze u ozod qilinganidan keyin Turkiyada istiqomat qilishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergandi.

Kutaisi o‘g‘rilar klani rahbari 61 yoshli Tariel Oniani Sol-Iletskdagi 6-sonli «Qora Delfin» alohida tartibli koloniyada jazo muddatini o‘tadi. 2010 yil iyul oyida Moskvaning Xamovnicheskiy sudi uni odam o‘g‘irlash va tovlamachilik jinoyatida ayblab 10 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Taro 2019 yil 11 iyun kuni ozodlikka chiqishi kerak edi, ammo u jazo muddatini 9 yil va 10 oyga qisqartirishga erishdi.

Foto: Mixail Fomichev / RIA Novosti
2018 yilda Rossiya Ichki ishlar vazirligi rahbari Vladimir Kolokolsev qonundagi o‘g‘rini Rossiyadan chiqarib yuborish haqidagi buyruqni imzolagan. Ta’kidlanishicha, u koloniyadan ozod qilinganidan keyin mamlakatdan deportatsiya qilinishi kerak.

Bundan oldin, Rossiya «jinoyat olami»ning yangi yetakchisi kim bo‘lishi mumkinligi aytilgandi.
Qayd etilishicha, Tariel Oniani Rossiya jinoyat dunyosining avvalgi yetakchisi Zaxariy Kalashov (Shakro Molodoy)ning o‘rniga munosib muqobil variant sanaladi.

Rossiya jinoyat dunyosining sobiq yetakchisi, mamlakat va MDHdagi «1-raqamli» qonundagi o‘g‘ri Zaxariy Kalashov 2018 yil mart oyida tovlamachilik jinoyati uchun qariyb 10 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada «qonundagi o‘g‘ri» Tariel Oniani ozodlikka chiqdi