Rossiya prezidenti Vladimir Putin Uzoq Sharq federal universiteti kampusida KXDR yetakchisi Kim Chen Inni kutib oldi. Rossiya rahbari S korpusi yon qismiga chiqqan, bu yerda faxriy qorovul saf tortdi.
Kim Chen Inning limuzini eshik tagigacha kelgan, yetakchilar qo‘l berib ko‘rishib, bino ichiga kirib ketishgan.
Zalga yo‘lda davlat rahbarlari delegatsiyalar a’zolarini qutlashgan. Rasmiy kutib olish marosimidan so‘ng Vladimir Putin va Kim Chen In eskalatorda S korpusining ikkinchi qavatiga ko‘tarildilar. Bir necha metrga cho‘zilgan bayroqlar guruhidan o‘tib, yetakchilar muzokaralar uchun tayyorlangan zalga kirishdi.
Qisqa salomlashuv va kirish qismidan so‘ng, uchrashuv matbuot uchun yopildi hamda yopiq eshiklar ortida davom etdi. Rossiya va KXDR yetakchilari o‘rtasidagi dastlabki muzokaralar faqat ikkita tarjimon ishtirokida yuzma-yuz bo‘lib o‘tdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi