Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy amaldorlarni kabinetlariga o‘z farzandlarining suratlarini ilishga chaqirdi.
"Sizlarning ish kabinetlaringizda mening suratlarim bo‘lmasligini judayam istayman, iltimos, mening suratlarim bo‘lmasin, chunki prezident – ikona yoki but emas. Prezident – portret emas", - dedi Zelenskiy Oliy radaning tantanali majlisida.
Ukraina prezidenti amaldorlardan kabinetlariga o‘z farzandlarining suratlarini qo‘yishlarini so‘radi.
"Kabinetingizga o‘z farzandlaringizning suratlarini ilib qo‘ying va har safar qaror chiqarishdan oldin ularning ko‘zlariga boqing", - dedi Zelenskiy. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
Gollivudning eng uyatchan yulduzlari (foto)
Quvayt Xotin-qizlar jamiyati raisi o‘rinbosari: "Shavkat Mirziyoyev BMTning 78-sessiyasida Osiyo xotin-qizlar forumini O‘zbekistonda o‘tkazish tashabbusi bilan chiqqan"
“Chelsi”ning eng yomon o‘yinchilari nomi aytildi
“Chelsi” 2024 yilda kimlar bilan xayrlashadi?
YECHL 1/2 final. "Borussiya" ikkinchi o‘yinda ham g‘alaba qozonib, ilk finalchiga aylandi
Rogov: Xorijiy yollanma askarlar Ukraina uchun jang qilishdan bosh tortmoqda