Foto: News.tut.by
Xitoy rahbari Si Szinpin Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan har bir uchrashuvini o‘zgacha iliqlik bilan eslashini aytdi. «TASS»ning yozishicha, Rossiyaga tashrifi davomida mahalliy nashrlarga bergan intervyuda ma’lum qilgan.
«Vedomosti»ning yozishicha, Si Szinpin 2013 yildan boshlab Putin bilan 30 marta shaxsan uchrashganini, u bilan doim telefonda muloqot qilishini va xat yozishib turishini ta’kidlagan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Putin bilan suhbati doim chuqur va «keng doiradagi mavzularda» bo‘ladi. Xitoy rahbari, shuningdek, boshqa chet ellik rahbarlarga nisbatan Putinni «eng yaxshi va ishonchli do‘st» deb atagan.
Szinpinning fikricha, Rossiya va Xitoy rahbarlarining «dunyoda sodir bo‘layotgan jarayonlarga nisbatan qarashlari bir xil» va davlatni boshqarish borasidagi qabul qilgan konsepsiyalari ham ko‘p jihatdan o‘xshash.
Xitoy rahbari Rossiyaga tashrifi 5 iyun kuni boshlanadi. Muzokaralar Moskvada bo‘lib o‘tadi va 6—7 iyun kunlarigacha davom etadi. Uning tashrifi davomida 30 dan ortiq hujjatlar imzolanishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»