Moskva shahar sudida «Zenit» hujumchisi Aleksandr Kokorin va «Krasnodar» yarimhimoyachisi Pavel Mamayev ishi apellyatsiya tartibida ko‘rib chiqildi.
Avvalroq, har ikkalasi bezorilik jinoyatini sodir etganlikda aybdor deb topilib, qamoq jazosiga mahkum qilingan edi.
Sud belgilangan qamoq jazosi va uning muddatini o‘zgarishsiz qoldirdi.
Endi Aleksandr Kokorin 1 yilu 6 oy muddat, Pavel Mamayev esa 1 yilu 5 oy muddat davomida qamoqda o‘tirishadi. Natijada Kokorin dekabr oyida, Mamayev esa noyabr oyida ozodlikka chiqadi.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yil oktyabr oyida Kokorin va Mamayev Moskva shahridagi bir necha mushtlashuvlarda ishtirok etishgani uchun hibsga olingan edilar. 2019 yil 8 may kuni futbolchilarga sud tomonidan qamoq jazosi tayinlandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi
Olimpiadaga chiqqan futbolchilar qancha mukofot pullari olgani ma’lum bo‘ldi
Afg‘onistonda uch million bola to‘yib ovqatlanmaydi
Rossiyalik xaker uchun 10 million dollar va’da qilindi
Bogdan Guskov: "Birinchi sparringdayoq Striklendning jigariga zarba berdim"
PSJ dan 30 ta zarba, 0 ta gol!