Milliarder Roman Abramovich Isroildagi eng qimmatbaho villani 64 mln dollarga sotib olmoqchi. Villa Tel-Avivdan 15 km uzoqlikda joylashgan Gersliya-Pituax shahrida joylashgan. Bu haqda Calcalist nashriga tayanib Kun.uz ma’lum qildi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Abramovich 0,9 gektar maydonda joylashgan 2 ming kvadrat metrlik uyni 3 oy oldin ijaraga olgandi, shundan keyin bu uyni sotib olishga opsionni imzolagan. Bitim Gersliya-Pituaxda 2006 yilda ikkita yer maydonini sotib olib, so‘ngra ularni birlashtirib, unda ushbu uyni qurgan milliarder Alan Govard bilan tuzilgan.
Calcalist’ning ta’kidlashicha, bu villa 2018 yil may oyida Isroil fuqaroligini olgan Abramovichning Isroildagi birinchi yirik ko‘chmas mulk ob’ekti bo‘lmaydi. Tadbirkor 2015 yilda Tel-Avivning janubidagi Neve-Sedek tumanidagi “Varsano” mehmonxonasi va unga yondosh 1,5 ming kvadrat metr maydonni 25 mln dollarga sotib olgan. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, milliarder u yerda villa qurishni rejalashtirgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?