Bi-bi-si muxbiri Xitoydagi musulmon uyg‘urlar jamlog‘ida nimalarni ko‘rdi?

  • 23 iyun 2019, 20:39
  • 2 512
  • Dunyo
  • Bi-bi-si muxbiri Xitoydagi musulmon uyg‘urlar jamlog‘ida nimalarni ko‘rdi?
    Yuz minglab, balki milliondan ortiq musulmonlar jinoyat qilmasdan yoki mahkamaga tortilmasdan Xitoydagi yirik qamoqxonalarda ushlab turilibdi. Bi-bi-si g‘arbiy Shinjon bo‘lgasidagi ana shunday jamloqlarga kirishga izn oldi.

    Xitoy hukumati bu kabi lagerlar borligini oldin inkor qilardi, endi esa ularning ekstremizm bilan kurashuvchi maktab ekanini aytmoqda.
    Xitoy bu kabi yirik xavfsizlik majumasida yuz minglab musulmonlarni ushlab turganini rad etardi.

    Biroq endi unga sayohat tashkil qilmoqda. Maqsad – bu odamlar mahkum emas, balki miyasini yuvish uchun o‘z istaklari bilan kelgan talabalar ekanini ko‘rsatish.

    Bi-bi-si muxbiri Jon Saduort lavhasini tomosha qiling.

    BMT, Shinjon va uyg‘urlar
    O‘tgan yil avgust oyining boshida mazkur masalani ko‘rib chiqish davomida BMTning Irqiy kamsitishga barham berish qo‘mitasi Uyg‘ur avtonom regioni rasmiy Pekin tomonidan «ommaviy tarzda hibsga olinganlar tutib turiladigan lagerga o‘xshash hududga aylantirilgani»ga ishora qiluvchi ishonchli hisobotlar bor ekanini aytgan edi.

    Xitoy bu da’voga uyg‘urlar to‘liq fuqarolik huquqlariga egaligini «yana bir bor» eslatish bilan javob qaytargan. Biroq rasmiy Pekin «diniy ekstremizm tuzog‘iga tushib qolganlar… qayta joylashtirilishi va qayta tarbiyalanishi lozim»ligini ham ta’kidlab o‘tgan.

    Inson huquqlarini himoya qilish guruhlari, xususan, Amnesty International va Human Rights Watch BMT qo‘mitasiga uyg‘urlarning ommaviy hibsga olinishi hujjatlashtirilgan hisobotlarni taqdim etgan.

    Ularga ko‘ra lagerlarda tutib turilgan uyg‘urlar Xitoy raisi Si Szinpinga sodiq bo‘lish uchun qasam ichishga majburlanadi.

    Jahon uyg‘ur kongressi o‘zining hisobotlarida uyg‘urlar lagerlarda biror ayblovsiz tutib turilishi va Xitoy kommunistik partiyasi shiorlarini bor ovozda aytishga majburlanishini ko‘rsatib o‘tadi.

    Kongress hisobotida qayd etilishicha, hibsdagilar to‘yib ovqat yeyish imkonidan mahrum, lagerlarda qiynoqlar keng tarqalgan.
    Shuningdek, aksar mahbuslarga biror ayblov qo‘yilmagani va ular qonuniy vakil xizmatidan foydalana olmasligi iddao qilinadi.

    BMTning ushbu hisoboti Xitoyning boshqa hududlarida diniy ziddiyat kuchayayotgan bir vaqtda e’lon qilindi.
    Uyg‘urlar asosan Xitoyning Shinjon viloyatida yashovchi musulmon etnik ozchiligidir. Ular viloyat umumiy aholisining 45 foizini tashkil qiladi.

    Shinjon rasman avtonom region hisoblanadi, ammo, yillarki, hukumat tomonidan bosim va qatag‘onga uchrab keladi.
    O‘tgan bir necha oydan buyon Shinjon viloyatida uyg‘urlar va boshqa musulmon etnik ozchiliklar yanada ko‘proq hibsga olinayotgani to‘g‘risidagi xabarlar to‘xtamayotir. Bu hibslar Xitoy hukumati tomonidan diniy ekstremizmga qarshi kurash niqobi ostida olib borilayotgani aytiladi.

    Manba: Minbar.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Bi-bi-si muxbiri Xitoydagi musulmon uyg‘urlar jamlog‘ida nimalarni ko‘rdi?