18:50 / 21.06.2019
2 916

Lukashenko Ramzon Qodirovni orden bilan mukofotladi va uni inisidek ko‘rishini aytdi

Lukashenko Ramzon Qodirovni orden bilan mukofotladi va uni inisidek ko‘rishini aytdi
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Checheniston rahbariga xalqlar do‘stligi ordenini topshirdi.

Belarus rahbari matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Qodirov Belarus va Checheniston o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar va har tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shgan salmoqli hissasi uchun mukofotlandi.

Bundan tashqari, Lukashenko o‘tgan yilning fevralida uzoq yillardan buyon Liviyada tutqunlikda ushlab turilgan belaruslik Vyacheslav Kachurani ozod qilishga qo‘shgan shaxsiy hissasi uchun minnatdorlik maktubini yo‘llagandi. Bunga qadar esa Qodirov vositachiligida Liviyadan ikki nafar belaruslik shifokor qaytarilgandi.

Checheniston rahbari avvalroq Minskda Lukashenko bilan Liviyada tutqunlikda bo‘lgan Belarus fuqarolarini ozod qilish masalasini muhokama qilganini va ularni ozodlikka chiqarish uchun bor kuchini ishga solishga va’da berganini aytgandi.

"Biz Belarusda qaytib ko‘rmasligimiz mumkin bo‘lgan bu insonlarni ozod etganing uchun rahmat. Sen nafaqat do‘stsan, balki mening, xalqimning birodarisan", - dedi Lukashenko Qodirov bilan Minskdagi Yevropa o‘yinlari ochilishidagi uchrashuvida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Lukashenko Ramzon Qodirovni orden bilan mukofotladi va uni inisidek ko‘rishini aytdi