Foto: Manilla Coconuts
Filippinlik erkak baliq ovi vaqtida tasodifan tirik baliqni yutib yuborib, bug‘ilib o‘ldi, deb xabar beradi Daryo nashri.
Rojer Merselino ismli fuqaro Antikedagi uyi yaqinida 11 yoshli o‘g‘li bilan baliq oviga chiqqan. Erkak tasodifan tilapiya balig‘ini yutib yuborib, unga tiqilib qolgan. O‘g‘il otasidan uzoqda bo‘lganligi sabab sodir bo‘lgan voqeani ko‘rmagan.
Rojer suvdan chiqib uyiga yugurib kelgan va nafas ololmayotgani sabab xotinidan yordam so‘ragan. Er-xotin mustaqil ravishda baliqni chiqara olmagan, qutqaruvchilar esa telefondagi nosozlik sabab vaqtida yordamga yetib kelmagan. Shifoxonaga yetib borgunlariga qadar 49 yoshli erkak vafot etgan.
Marselinoning rafiqasini aytishicha, Rojerning ushlagan balig‘ini qochirib qo‘ymaslik uchun uni tishlab oladigan odati bo‘lgan. Taxminlarga ko‘ra, baliq shu sabab uning tomog‘iga tiqilib qolgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi