AQSh davlat kotibi Eronga qo‘yishmaganidan shikoyat qildi

  • 30 iyul 2019, 10:03
  • 818
  • Dunyo
  • AQSh davlat kotibi Eronga qo‘yishmaganidan shikoyat qildi
    AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo «Eron xalqi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri gaplashib olishi» uchun mamlakatga qo‘yishmaganidan shikoyat qildi.

    Shu bilan birga, u Eron tashqi ishlar vaziri Javod Zarif AQShga emin-erkin kelib ketishi va «bamaylixotir gapirish huquqiga ega» ekanligini bildirgan.

    «Nahot Erondagi tuzum bilan bog‘liq holatlar shuning o‘zini amalga oshirishga imkon bermaydigan darajada yomon bo‘lsa? Xalq tozalanmagan va kesilmagan haqiqatni bilsa nima bo‘ladi?» — deya taajjublangan Pompeo Twitter’dagi sahifasida.

    » » AQSh davlat kotibi Eronga qo‘yishmaganidan shikoyat qildi