Hindistonda 7 yoshli bolakayning 526 ta ortiqcha tishi olib tashlandi

  • 01 avgust 2019, 19:40
  • 1 232
  • Dunyo
  • Hindistonda 7 yoshli bolakayning 526 ta ortiqcha tishi olib tashlandi
    Hindistonda shifokorlar yetti yoshli bolaning 526 ta ortiqcha tishini sug‘urib tashlashdi. Bu haqda Times of India'ga asoslanib Kun.uz xabar berdi.

    Bolakay pastki jag‘idagi kuchli og‘riqdan shikoyat qilgan. Kompyuter tomografiyasi va rentgen tekshiruvlarida bolaning og‘zida mayda rudimentar tishlar bo‘lgan shish borligi aniqlangan.

    Shifokorlar uni zudlik bilan operatsiya qilish kerakligini aytishgan va bir necha soat davomida tishlarni olib tashlashgan.

    Bunday g‘ayritabiiy holatning sababi hozircha aniqlanmagan. 2014 yilda ham hind shifokorlari ana shunday hodisaga duch kelishgan, o‘shanda bemorning 232 ta tishini sug‘urib tashlashgandi.

    » » Hindistonda 7 yoshli bolakayning 526 ta ortiqcha tishi olib tashlandi