Foto:«ABC News»
O‘tgan hafta mobaynida AQSh prezidenti Donald Tramp 21 marotaba yolg‘on bayonot berdi, deb xabar qilmoqda Daryo.uz nashri.
Telekanalning hisob-kitoblariga ko‘ra, bu besh hafta mobaynidagi eng yaxshi natija. Bu hisob davlat rahbari qancha so‘zlashiga bog‘liq. O‘tgan haftada u 56 daqiqa so‘zlagan, bu esa yanvar oyidan buyon eng kam ko‘rsatkich.
Ma’lumotga ko‘ra, u demokratlar, Xitoy bilan savdo urushi, Shimoliy va Janubiy Koreya haqida yolg‘on bayonotlar qilgan.
Masalan, Tramp Xitoyning iqtisodiy o‘sish darajasi 35 yil ichidagi eng yomon holatda ekanini aytgan. Ammo ikki hafta avvalgi bayonotida u bu ko‘rsatkichni 27 yil ichidagi eng yomon holat, deya baholagan.
Yana bir misol, u AQSh senatori Sherrod Braunni prezidentlikka nomzod sifatida yodga olgan, lekin senator hech qachon bu lavozimga da’vogarlik qilmagan. Shuningdek, u respublikachilar orasida uning reytingi 94 foiz ekanini aytgan, aslida esa bunday statistik ma’lumot hech qayerda e’lon qilinmagan.
Ta’kidlanishicha, AQSh rahbari eng ko‘p jurnalistlar bilan gaplayotganda adashadi. Bundan tashqari «Twitter»dagi sahifasida va ommaviy nutqlarida ham xatoliklarga yo‘l qo‘yadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi