00:04 / 12.09.2019
3 278

Yangi moliyaviy inqiroz yaqin. Mablag‘ni nimaga sarflagan ma’qul?

Yangi moliyaviy inqiroz yaqin. Mablag‘ni nimaga sarflagan ma’qul?
Foto: Getty Images
Dunyoda oxirgi moliyaviy inqiroz paytidan beri 10 yildan oshiq vaqt o‘tdi va jahon iqtisodiyotida yana xatarlar to‘planib qoldi. Bu haqda Daryo nashri eslatmoqda.

Arbat Capital boshqaruvchi direktori Aleksandr Orlovga ko‘ra, bu galgi sikl oldingisidan farq qiladi. Pufak shishib borayotgani 2000 yillardagi kabi texnologik va mediakompaniyalar aksiyalari hamda 2007 yildagidek ko‘chmas mulk bozorida emas, balki davlat obligatsiyalarida ko‘proq o‘z aksini topmoqda.

Bunday sharoitda faqat favqulodda hodisa barcha moliyaviy aktivlardagi tobora avj olib borayotgan trendni sindirishi mumkin. AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushi shunday holatga misol bo‘la oladi.

Aleksandr Orlovning ta’kidlashicha, hozirda eng xavfsizi — yiqqan-terganini boshqarish modelidan foyda ko‘rib qolishga urinishni kapitalni saqlashga almashtirishdan iborat.

Mutaxassis buni sarmoyani dollardagi qisqa muddatli depozitlar, AQSh va Yaponiyaning uzoq muddatli obligatsiyalari, qarzi minimal darajada va yuqori dividendli kompaniyalar aksiyalari, shuningdek, oltinga sarflash orqali amalga oshirish maqbul ekanligini bildirmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yangi moliyaviy inqiroz yaqin. Mablag‘ni nimaga sarflagan ma’qul?