07:13 / 22.09.2019
2 802

BMT Bosh kotibi insoniyatni tabiat bilan hazillashmaslikka chaqirdi (video)

BMT Bosh kotibi insoniyatni tabiat bilan hazillashmaslikka chaqirdi (video)
BMT Bosh kotibi Antonio Guterish insoniyatni tabiat bilan hazillashmaslikka chaqirdi. Bu haqda Euronews nashriga tayanib Darakchi xabar berdi.

Buning oqibatlari jiddiy yakun topishi mumkinligidan ogohlantirdi. U xalqaro hamjamiyatni iqlim o‘zgarishi jarayonlariga jiddiy e’tibor qaratishga da’vat etdi. Fransuz ekspertlariing iqlim o‘zgarishi jarayonlariga bag‘ishlangan eng so‘nggi tadqiqot natijalariga ko‘ra sayyoramizda havo harorati kutilgandan ko‘ra ko‘proq isib bormoqda. Eng pessimistik prognozlarga ko‘ra, insoniyat qazib olinuvchi yoqilg‘ilardan shu zaylda foydalanishda davom etsa asr oxiriga kelib, yerdagiharorat sanoat davrigacha bo‘lgan ko‘rsatkichdan Selsiy bo‘yicha 7 gradusga qadar ko‘tarilib ketadi.

Olimlarning fikricha, buning oldini olish uchun zudlik bilan keskin choralar ko‘rish zarur. Iqlimshunos Paskal Brakonnoning ta’kidlashicha, buning uchun birinchi galda keng jamoatchilik energiya resurslariga nisbatan ehtiyotkor munosabatda bo‘lishi va energiya sarfini keskin darajada kamaytirish lozim. Qayta tiklanuvchi energiya manbalarining keng joriy etilishi yaxshi natija beradi.

Blumberg agentligining tadqiqotlariga ko‘ra, o‘tgan yili jahon energiyasining 13 foizi aynan tabiiy manbalardan olingan. Bu esa atmosferaga ikki milliard tonna zararli gazlar chiqarilishining oldini olgan. Shu bilan birga qazib olinuvchi energiya manbalaridan chiqayotgan zararli chiqindilar miqdori 2 foizga oshib, 33 mlrd tonnaga borib yetgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » BMT Bosh kotibi insoniyatni tabiat bilan hazillashmaslikka chaqirdi (video)