2 271
Poroshenko: «Hech kimdan qo‘rqmayman. Bu bolakaylar Poroshenkoni gumdon qilishni xohlaganlarning birinchisi emas»
Foto: REUTERS/Gleb Garanich
Ukrainaning beshinchi prezidenti Pyotr Poroshenko bunga qadar uni javobgarlikka tortish bo‘yicha bir nechta urinishlar bo‘lgani, shu bois qamoq jazosidan qo‘rqmasligini aytdi.
«Men hech kimdan va hech narsadan qo‘rqmayman, siyosiy hamrohlarim ham hech narsadan qo‘rqishmaydi. Men uzoq yillar muxolifatda bo‘lganman. Bu bolakaylar esa (Ukrainaning yangi hukumati – tahr.) Poroshenkoni gumdon qilishni xohlagan birinchi odamlar emas», – dedi sobiq prezident Ukrainaning «5» telekanaliga bergan intervyusida.
Siyosatchi himoyalanish uchun ko‘plab mexanizmlarga egaligini qayd etib o‘tgan. Poroshenkoning ta’kidlashicha, Ukraina sudi unga qarshi qaror chiqargan taqdirda bu eng avvalo davlat va hokimiyatga berilgan zarba bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, 2014-2019 yillarda Ukrainani boshqargan Pyotr Alekseyevichga nisbatan bir nechta jinoiy ishlar ochilgan. U davlatga xiyonat, mansab vakolatlarini suiste’mol qilish, jinoiy daromadlarni legallashtirish, soliqlardan bo‘yin tovlash, sud hokimiyatini uzurpatsiya qilish kabi jinoyatlarni sodir etishda gumonlanmoqda.
Bunga qadar ukrainalik 100 nafar deputat Poroshenko ishi bo‘yicha so‘roqqa chaqirtirilgani, unga tegishli bankda tintuv o‘tkazilgani va uning zavodlaridan biriga sud tomonidan taqiq qo‘yilgani haqida xabarlar berib kelingan edi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi