Londonda Nursulton Nazarboyevning nabirasi sudlanmoqda

  • 24 sentyabr 2019, 23:38
  • 1 583
  • Dunyo
  • Londonda Nursulton Nazarboyevning nabirasi sudlanmoqda
    Londonda Qozog‘istoning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning nabirasi Oysulton Nazarboyev ustidan sud jarayoni davom etmoqda.
    Oysulton Nazarboyev London markazidagi mehmonxonalardan birining balkonidan o‘zini tashlash bilan tahdid qilgandan 2 kun o‘tib politsiya serjantini tishlab olgan. Bu haqda Dailymail nashriga tayanib Kun.uz xabar berdi.

    U mulkka zarar yetkazishda ayblanmoqda va giyohvandlikdan davolanmoqchi.
    Ma’lum qilinishicha, Oysulton aybini tan olgan. Unga jazo hukmi 18 oktyabrda chiqariladi.

    Qoralovchi Gregor Makkinli sudda Oysulton 3 iyunda mehmonxonalardan birini boshiga ko‘tarib, balkonga chiqib u yerdan sakrash bilan tahdid qilganini aytgan.
    2 kun o‘tib u Tavistok ko‘chasidagi kvartirada ushlangan. Oysulton bilan kvartirada unga tanish bo‘lmaganini ta’kidlagan ayol ham bo‘lgan. Oysulton yana balkonga chiqib, o‘zini tashlash bilan tahdid qilgan.

    Prokurorning aytishicha, kvartiraga kelgan politsiyachilar Nazarboyevni o‘g‘ri deb o‘ylashgan. Tergov versiyasiga ko‘ra, u konstebl Ross Sambrukga tashlanib, unga musht tushirib, qo‘lini tishlab olgan. Natijada politsiyachining qo‘lidan anchagina qon ketgan va Oysultonga qarshi elektroshoker qo‘llagan.

    Nazarboyevning nabirasi advokati Alisder Uilyamson sudga Qozog‘iston hukumati tergov bilan hamkorlik qilayotgani va Oysultonga Britaniya mutasaddi idoralari uning pasportini musodara qilgandan keyin yangi pasport berilmasligini aytgan.
    Advokat sudlanuvchini garov puli evaziga qo‘yib yuborishni taklif qilgan, biroq sudya Martin Beddoy taklifni rad etgan.

    “Fikrimcha, bu vaziyat giyohvand modda sababli yuz berganiga asos bor. Ayblanuvchining o‘sha vaqtdagi ahvoli og‘ir bo‘lgan. U A toifadagi narkotiklarni qabul qilishi sababli katta muammolarga uchragan”, deb aytgan sudya.

    Bu orada London sud idoralari taqdim qilgan ma’lumotda Oysulton tergov bilan kelishuvga, jumladan politsiyachini tishlab olishdagi aybini tan olishga rozi bo‘lgani ma’lum bo‘lgan.

    Oysultonning do‘stlari bu orada voqeaning boshqa versiyasini so‘zlab berishgan.
    Nazarboyev nabirasining aytishicha, voqea yuz bergan kuni uning ayol tanishi eshigi yopilib qolgani uchun kvartiraga kira olmagan.

    Oysulton kvartiraga kirishga besamar urinishlardan keyin uyga balkon orqali kirishni taklif qilgan. Biroq qo‘shnilar Oysultonni o‘g‘ri deb o‘ylab, politsiya chaqirtirishgan. Oysultonni “xitoylik migrant” deb qabul qilgan politsiyachilar va u o‘rtasida nizo chiqqan. Politsiyani tishlash esa Oysulton tomonidan o‘zini himoya qilish bo‘lgan, chunki politsiya uni orqasidan bo‘g‘gan.

    Oysultonni yaqindan taniydigan odamlarning ma’lum qilishicha, u Qozog‘istonga qaytish uchun tergov bilan kelishuvga borishga va unga qo‘yilgan ayblovlarni tan olishga majbur bo‘lgan. Aks holda tergov cho‘zilib ketishi mumkin edi.
    29 yoshli Oysulton Nursulton Nazarboyevning katta qizi Darig‘a Nazarboyevaning o‘g‘li hisoblanadi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Londonda Nursulton Nazarboyevning nabirasi sudlanmoqda