21:51 / 02.10.2019
3 978

Erkak toʻyona olish uchun soxta toʻy uyushtirdi

Erkak toʻyona olish uchun soxta toʻy uyushtirdi
Xitoyning Guychjou provinsiyasida yashovchi erkak toʻyona olish uchun soxta toʻy uyushtirdi, ammo yollanma kelinga xizmat haqini toʻlashdan bosh tortdi.

Ismi oshkor qilinmagan 39 yoshli yigit qizlarni ijaraga berish agentligidan Syao Lini yollagan. U erkakning doʻst va qarindoshlari oldida kelin rolini oʻynashi kerak edi. Xitoylik 22 dan 28-avgustgacha Li u bilan qolishiga kelishdi. Va buning uchun kuniga 521 yuan toʻlashini aytdi.

Mehmonlar erkakka qariyb 60 ming yuan sovgʻa qilishdi, erkak bu pullarga oʻz biznesini tashkil etishni rejalashtirgandi.

Toʻydan soʻng ular viloyatlar boʻylab birga sayohat qilishdi va Lining soʻzlariga koʻra, hatto “ikki kechani birga oʻtkazishgan”. Biroq, “kelinni ijaraga berish” muddati tugaganidan soʻng, erkak pulni toʻlamay gʻoyib boʻlgan. U Lining qoʻngʻiroqlariga javob ham bermagan.

Qiz yordam soʻrab advokatlarga murojaat qildi, ammo ularning aytishicha, erkakdan nimanidir olish imkoniyati kam, chunki u u bilan yozma shartnoma tuzilmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Erkak toʻyona olish uchun soxta toʻy uyushtirdi