2 889
Al-Bag‘dodiyni topishda yordam bergan ayg‘oqchiga 25 mln dollar mukofot puli berilishi mumkin
Foto: Ghaith Alsayed / AP
Washington Post nashrining xabar berishicha, IShID yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiyning qayerda yashirinayotganini uning yaqin atrofidagi ayg‘oqchi yordamida aniqlashga muvaffaq bo‘lindi. Gap al-Bag‘dodiyning Suriya bo‘ylab harakatlanishini muvofiqlashtirgan va uning Idlibdagi boshpanasini tayyorlashda yordam bergan odam haqida ketmoqda.
Ma’lum qilinishicha, ushbu odam AQSh razvedkasiga nafaqat terrorchi qayerda yashirinayotgani, balki u yashiringan uydagi xonalar rejasini ham taqdim qilgan. Bu ma’lumot binoning shturm qilinishi vaqtida muhim ahamiyat kasb etgan.
Ayg‘oqchi al-Bayg‘dodiyga shunchalik yaqin bo‘lganki, u maxsus amaliyot vaqtida u bilan birga ushbu uyda bo‘lgan. IShID yetakchisi o‘ldirilgandan 2 kun o‘tib ayg‘oqchi oilasi bilan birga mamlakatdan olib chiqilgan.
Taxmin qilinishicha, ushbu shaxs al-Bayg‘dodiy uchun va’da qilingan 25 mln dollarlik mukofot pulini olishga umid qilsa bo‘ladi. Biroq taxminlarga ko‘ra, u nafaqat pul uchun harakat qilgan. WP manbalaridan birining ta’kidlashicha, gap qarindoshlaridan birining o‘limi uchun IShIDdan o‘ch olmoqchi bo‘lgan arab haqida bormoqda. Dastlab u “Suriya demokratik kuchlari”dagi kurdlar bilan aloqaga chiqqan. Ular esa ushbu arab haqida amerikaliklarga xabar qilishgan. Amerikaliklar ayg‘oqchi qanchalik rost so‘zlayotganini uzoq vaqt tekshirishgan va oxir-oqibat kerakli odamni topishganiga amin bo‘lishgan. Bu bir necha hafta avval yuz bergan va shundan keyin maxsus amaliyotga tayyorgarlik ko‘rila boshlangan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi