11:47 / 08.11.2019
3 019

Zelenskiy ishidan o‘ta toliqishini va ukrain tilini mukammal bilmasligini tan oldi

Zelenskiy ishidan o‘ta toliqishini va ukrain tilini mukammal bilmasligini tan oldi
Foto: Reuters
Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy prezidentlik undan ko‘p kuch olishini va shu sababli u kun oxirida o‘zini “odam emas, balki shunchaki bir organizmdek” his qilishini aytdi. Bu haqda Zelenskiy “Prezident bilan ochiqchasiga” deb nomlangan intervyusida aytib o‘tdi.

“Juda murakkab kasb, barcha kuchingni, vaqtingni oladi va ba’zida hech narsa istamay qolasan. Sen kun yakunida odamdan hech narsani o‘ylashni, qilishni istamaydigan va ba’zida oilang nima haqida gapirayotganini anglamaydigan organizmga aylanib qolasan. Bu nafaqat men uchun, balki oilam uchun ham mashaqqatlidir”, deb tan olgan Zelenskiy intervyusida.

Shu bilan birga, u o‘z ishidan voz kechish niyatida emasligini aytgan. “Radada aytiladigandek, qaror qabul qilingan”, deb qo‘shimcha qilgan Ukraina yetakchisi.

Zelenskiy ukrain tilini mukammal bilmasligini, biroq uni bilish darajasini takomillashtirmoqchiligini tan olgan.

“Ukrain tilini bilish darajam, o‘ylashimcha, o‘smoqda. Men urg‘ular va ba’zi so‘zlarni talaffuz qilishimda xatolar borligini bilaman. Yaxshiroq gapirishni istayman. Ehtimol, tilni 100 foiz mukammal bilishning iloji yo‘qdir. Biroq men uni bilishga harakat qilmoqdaman, ko‘proq tajriba, ko‘proq gaplashish kerak, yaxshisi aqlli odamlar bilan”, deb ta’kidlab o‘tgan Ukraina prezidenti.

Zelenskiy, shuningdek, rus tilida so‘zlashishda ham ba’zida qiyinchiliklarga duch kelishini tan olgan.

Avvalroq Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andrey Bogdan Zelenskiy tig‘iz jadvaldan, jurnalistlarning va ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining salbiy munosabatidan charchaganini aytgandi. Bogdanning ta’kidlashicha, jadal sur’atlar prezidentdan ko‘p kuch va energiya oladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy ishidan o‘ta toliqishini va ukrain tilini mukammal bilmasligini tan oldi