18:26 / 11.11.2019
2 627

Germaniyada 18 ta mashina bilan avtohalokat natijasida 29 kishi jarohat oldi

Germaniyada 18 ta mashina bilan avtohalokat natijasida 29 kishi jarohat oldi
Germaniyaning janubi-g‘arbiy qismida, Quyi Franconiyaning Bavariya tumanida 18 ta mashina to‘qnashdi.
Baxtsiz hodisa oqibatida 29 kishi jabrlandi, to‘rttasining ahvoli og‘ir, deb xabar beradi Bayerischer Rundfunk. Ta’kidlanishicha, pikap haydovchisi silliq yo‘llar tufayli o‘z boshqaruvini yo‘qotib, chippakka qulab tushgan.

Muzli va tumanli ob-havo tufayli boshqa mashinalar o‘z vaqtida tormozlay olmagan va bir-biriga urilgan. Buzilgan transport vositalari orasida uchta o‘t o‘chiruvchilar va ikkita politsiya mashinalari, shuningdek bir nechta yuk mashinalari mavjud.

Avariya munosabati bilan A7 avtomagistralida Kassel yo‘nalishi bo‘yicha transport harakati vaqtincha to‘sib qo‘yildi.
Ushbu mavsumda birinchi qor yoqqandan keyin Kanadaning Edmonton shahrida 175 dan ortiq baxtsiz hodisalar ro‘y bergan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Germaniyada 18 ta mashina bilan avtohalokat natijasida 29 kishi jarohat oldi