23:18 / 08.12.2019
2 209

Tuhmat qilishda ayblangan Ilon Mask sudda yutib chiqdi

Tuhmat qilishda ayblangan Ilon Mask sudda yutib chiqdi
Tuhmat qilishda ayblangan Ilon Mask sud ishida yutdi. Hakamlar hayʼati britaniyalik dayver Vernon Ansvortning 190 mln dollarlik daʼvosini rad etdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Insoniyatga boʻlgan ishonchim tiklandi”, — dedi 48 yoshli milliarder.
Mask oʻz koʻrsatmalarida dayverga nisbatan aytgan soʻzlarini tom maʼnoda tushunmasliklarini soʻradi.

Pedo Guy soʻzi men oʻsgan Janubiy Afrikada keng tarqalgan soʻkish edi. Bu soʻz «yaramas chol” degan maʼnoni anglatadi», — dedi u.
Sudda Mask Ansvortdan kechirim soʻradi.

Ansvort va Mask oʻrtasidagi nizo 2018-yil yozda boshlangandi. Oʻshanda ular Tailanddagi gʻorda 12 kun qamalib qolgan bolalar futbol jamoasi va uning murabbiyini qutqarish uchun oʻz yordamlarini taklif qilgandi.

Mask qutqarish ishlari uchun oʻz kompaniyasi ishlab chiqargan suvosti qayigʻini taklif qilgan, Ansvort buni “piar-harakat” degandi. Unga javoban Mask Ansvortni tvitterda “pedo guy” deb atagandi. Keyinroq u kechirim soʻrab tvitini oʻchirib yubordi.

Dayver milliarderni tuhmatda ayblab sudga berdi va 190 mln dollar tovon puli talab qildi. Mask sudda oʻzining naqd puli judayam ozligini maʼlum qildi. “Koʻpchilik meni puli koʻp deb oʻylaydi, aslida pulim yoʻq”, dedi u.

Forbes jurnalining yozishicha, Maskning 99 foiz boyligi Tesla va SpaceX aksiyalaridir. Agarda Mask tovon toʻlashiga toʻgʻri kelganida, u aksiyalarining bir qismini sotishiga yoki qarz olishiga toʻgʻri kelgan boʻlardi, deb yozadi Forbes.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tuhmat qilishda ayblangan Ilon Mask sudda yutib chiqdi