date

Erondagi maktab bombalanishida AQSH mas’uliyati oshkor qilindi

Erondagi maktab bombalanishida AQSH mas’uliyati oshkor qilindi

Foto: EPA

Eronning Minob tumanidagi Shajarayi Toyyiba bombalanishi oqibatida kamida 170 nafar bola va o‘qituvchi halok bo‘ldi. Xalqaro inson huquqlari tashkiloti Amnesty International ushbu hodisada AQSHning mas’uliyatliligi ustidan jiddiy xavotir bildirdi.

Bayonotda ta’kidlanishicha, asosan bolalar o‘limiga sabab bo‘lgan ushbu hujumda Qo‘shma Shtatlar harbiylari Tomahawk raketasidan foydalangan. Amnesty International sun’iy yo‘ldosh tasvirlari, videoyozuvlar va ekspertlarning fikrlari asosida bu xulosaga kelgan.

Tashkilot fikriga ko‘ra, mazkur hodisa Qo‘shma Shtatlar qo‘shinlarining tinch aholi vakillariga zarar yetmasligi uchun zarur choralarni ko‘ra olmasligini ko‘rsatadi va bu xalqaro gumanitar huquqning jiddiy ravishda buzilishi hisoblanadi. Ehtimoliy harbiy jinoyatni sodir etgan shaxslar javobgarlikka tortilishi kerak.

Amnesty International vakili Erika Gevara-Rosas ushbu hujumni AQSH razvedkasi uchun sharmandali holat deb atadi. Al Jazeera telekanali esa AQSH va Isroil Eronga keng ko‘lamli hujumlar amalga oshirayotgani, xalqaro huquqni e’tiborsiz qoldirayotganiga e’tibor qaratdi.

Pit Hegset jurnalistlar bilan uchrashuvda AQSH havo kuchining tarixdagi eng dahshatli va aniq kampaniyani amalga oshirayotganini va faqat g‘alaba uchun harakat qilayotganini bildirdi.

AQSH jamoatchiligi va Demokratik partiya vakillari hujum oqibatidagi bolalar o‘limidan kelib chiqib Oq uydan aniq tushuntirish talab qilmoqda. Ammo hozircha rasmiylar tekshirish o‘tkazilishini aytish bilan cheklanmoqda.

BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Folker Tyurk ushbu holatni tezkor, xolis va haqqoniy tarzda taftish etishni talab qildi.

Eron davlat matbuoti AQSH va Isroil amalga oshirgan hujumda 7–12 yoshdagi 180 ga yaqin o‘quvchi qiz halok bo‘lgani va yana o‘nlab bola jarohatlanganini ma’lum qildi.

Tahlilchilar fikriga ko‘ra, Erondagi begunoh o‘quvchilarning bombalanishi xalqaro huquq normalari va davlatning qudrati o‘rtasidagi ikkiyuzlamachilikni namoyish etdi, bu hodisa global hamjamiyat uchun jiddiy signal hisoblanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Erondagi maktab bombalanishida AQSH mas’uliyati oshkor qilindi