Foto: Reuters
Rossiya prezidenti Vladimir Putindan matbuot anjumani chog‘ida jurnalistlardan biri OAV uning qizlari deb atayotgan Mariya Voronsova va Katerina Tixonovani qachon o‘z farzandlari deb tan olishini so‘radi.
U bu savolga javob bermadi, ular bilan bog‘liq kompaniyalar faoliyati to‘g‘risidagi savolga javobida esa ularning ism-sharifini tilga olmadi va «ayol» so‘zi bilan cheklandi.
«Siz bir ayolni, ikkinchisini, ularning shaxsiy ulushi, biznesining hajmini tilga oldingiz. Siz fakt keltirdingiz, ammo bu yetarli emas. Kavlashtirib ko‘rsangiz bu qanaqa biznes, kimga nima tegishli, kim kimga yordam berayotganini bilasiz», — dedi Putin.
Rasman Putinning ikki nafar qizi borligi ma’lum, ammo u hech qachon ularning shaxsini ma’lum qilmagan. Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, uning farzandlari fan bilan mashg‘ul va «siyosatga aralashishmaydi». U shuningdek, ikki nafar nabirasi borligini aytgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi
Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi
Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi
Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir»