19:53 / 20.12.2019
2 320

Yurgen Kloppni Dohadagi mehmonxona restoraniga akkreditatsiyasiz kiritishmadi

Yurgen Kloppni Dohadagi mehmonxona restoraniga akkreditatsiyasiz kiritishmadi
Bu haqda taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev o‘z telegram kanalida yozib qoldirdi va ushbu holatga izoh bildirdi.

- Liftdan chiqdim va o‘ng tomonga burildim, shunda bir qo‘riqchi meni to‘xtatdi. Men unga libosimdagi klub emblemasini ko‘rsatdim va u libosimga qaradi va menga: "Ruxsatnoma!" dedi. Hammamizni tanib olishlari uchun akkreditatsiya taqib olishimiz kerak. Men esa unga: "okey, kechirasiz" dedim va o‘z xonamga qarab ketdim. Bu katta mehmonxona, ammo akkreditatsiyamni olishim uchun xonamga qaytib keldim. Bu uning emas, mening xatoim edi. Biz boshqalarning diqqat markazida turamiz deb o‘ylaymiz, ammo bunday emas. Dunyoda boshqa narsalar muhim bo‘lgan ko‘p joylar bor va biz hozir futbol o‘ynayapmiz, - degan Klopp.

Kloppning fikriga qo‘shilmaslikka izn bering, "Liverpul" hozir Dohaning diqqat markazida va shu sababdan mehmonxona, mashg‘ulot maydonchasi va hatto stadionda ham xavfsizlik choralari kuchaytirilgan. Hatto Kloppning o‘zi nonushtaga akkreditatsiyasiz qabul qilinmaganligi ham xavfsizlik choralarining jiddiyligini anglatadi. Ammo, shunga qaramay Kloppning o‘ziga hurmat ko‘rsatish kerak, u yo‘l-yo‘lakay barcha sovrin va mukofotlarini eslab akkreditatsiyasiz o‘tkazib yuborishlarini talab qilmadi. Hamma uchun eng yaxshi namuna.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yurgen Kloppni Dohadagi mehmonxona restoraniga akkreditatsiyasiz kiritishmadi