Yigit kishini xushomadlariga qarab xarakterini aniqlash mumkin

  • 24 iyul 2016, 11:21
  • 24 082
  • Hayot tarzi
  • Yigit kishini xushomadlariga qarab xarakterini aniqlash mumkin

    Ruhshunoslarning fikricha, insonning xushomadlariga qarab, u haqida ko‘p narsa bilib olish mumkin.

    Xushomad hammaga yoqadi, ayniqsa, ayollar usiz hayotlarini tasavvur qila olishmaydi. Axir, biz ayollar qulog‘imiz bilan sevamiz…

    Agar biror inson “Bu libosda siz juda go‘zal ko‘rinyapsiz”, desa, bilingki, qarshingizda vizual-erkak turibdi, u ko‘zi bilan sevadi, tashqi qiyofaga ko‘proq e’tiborlidir. Uning e’tiborini qozonish uchun siz doim chiroyli ko‘rinishingiz darkor. Agar u “Siz pishirgan taomlar juda mazali ekan”, desa, qarshingizda turgan inson birinchi navbatda, ayolning uyim-joyim, deydigan bo‘lishini xohlaydi. Bu uning asosiy talabidir. Uni ko‘proq uy tozaligi, uch-to‘rt xil taomdan iborat tushlik ko‘proq quvontiradi. Shu bois, xushomadgo‘yning so‘zlariga diqqat bilan e’tibor bering. Keling, ularga bir-bir nazar tashlab chiqamiz.

    “XOHLAYMAN”, “ISTAYMAN”

    “Men sening doim shunday quvnoq bo‘lishingni xohlayman. “Ovqatingiz juda mazali chiqibdi. Men siz doim shunday shirin taomlar pishirishingizni istayman.”

    Agar kishi “xohlayman, istayman”, degan so‘zlarni ko‘p bora qo‘llasa, uni egoistik dunyoqarashga ega inson deyish mumkin. U ayolni o‘ziga tegishli, deb hisoblaydi. Bunday odam uchun eng muhimi, uning xohishlaridir.

    “MENING…”

    “Sen mening aqlligimsan” (“Mening go‘zalim”, “Mening malagim”).

    “Mening” so‘zidan o‘sha ayol bu erkak uchun juda muhimligini bilib olish mumkin, ya’ni u bu munosabatga jiddiy qarab, ayolni o‘zining bir bo‘lagi sifatida qabul qiladi. Lekin ayni damda “meniki” juda ko‘payib ketsa, bu o‘sha odamning boshqarishni yoqtirishidan darak beradi.

    “QIDIRISh”

    “Siz mukammalsiz. Nihoyat men sizni uchratdim. Endi siz nega men o‘z ayolimni bu qadar uzoq qidirganimni bilgan bo‘lsangiz kerak”…

    Bu xushomaddan u qadar quvonib ketmang. Bu erda siz e’tibor qaratishingiz kerak bo‘lgan so‘z, bu “qidirish”dir. Xuddi shu mezonlarga ko‘ra, uy, mashina, ish qidiriladi. Bu erkakning xayolida ma’lum bir mukammal ayol qiyofasi bor va u qolipga tushmaydigan odamlarga umuman e’tibor qaratmaydi. U sizniyam o‘z chizmasiga qarab o‘zgartirishga harakat qiladi. Siz “mukammal bo‘lmagan” jihatlaringizni ko‘rsatishingiz bilan u sizni ayblashga tushadi, keyinroq esa, mukammal ayolni yana izlashga kirishishi mumkin.

    “SIZ HAMMADAN YaXShISIZ!”

    “Siz hammadan yaxshisiz! Men sizni mingta qiz ichidan tanladim”.

    Bu erda urg‘u ko‘proq sizga emas, balki minglarga berilmoqda. Aslida, bu shunday: ”Men mingta qiz ichidan sizga e’tibor qaratdim. Lekin, agar siz menga yoqmay qolsangiz, zahirada yana 999 tasi bor”.

    Qoldirilgan fikrlar (1)

    1. Наргиза9 мая 2019 05:07
      Салом ,койил шу психолог аник характеристика берган экан уз ишини устаси деб бахоладим
      0
    » » Yigit kishini xushomadlariga qarab xarakterini aniqlash mumkin