Liboslaringiz uchun eng zarur bo‘lgan aksessuarlar

  • 26 yanvar 2017, 18:26
  • 7 558
  • Hayot tarzi
  • Liboslaringiz uchun eng zarur bo‘lgan aksessuarlar

    Ushbu maqolada har bir ayolning garderobida bo‘lishi zarur bo‘lgan tayanch aksessuarlar haqida gapiramiz.

    Sumka

    Har bir ayol garderobida turli liboslarga mo‘ljallangan 3 xil sumka bo‘lishi lozim. Asosiy sumka qora, to‘q ko‘k yoki to‘q kulrangda bo‘lgani yaxshi.

    Garderobingizda elkaga osiladigan ingichka tasmali yoki zanjirli kichkina sumka ham bo‘lishi kerak. U kundalik va ishga kiyadigan palto yoki kurtkangiz bilan juda mos tushadi.

    Tantanali kechalar va kechki bazmlar uchun to‘r yoki atlas matodan yasalgan klatchni tanlaganingiz ma’qul.

    Bezaklar

    Asosiy bezaklar bilaguzuk, kole va soatlardan iboratdir.

    Bilaguzuk turlari juda ko‘p. Lekin, har bir ayolda barcha liboslarga mos keladigan yaltiroq metaldan keng qilib yasalgan bilaguzuk bo‘lishi lozim.

    Kole o‘rnida hamma kiyimlar bilan yarashadigan osilib turuvchi uzun zanjirni tanlaganingiz ma’qul.

    Oxirgi bezak – «erkaklar» soati. Uning qo‘pol shakli bilaklarni yanada noziklashtirib ko‘rsatadi.

    Belbog‘ va kamar

    To‘g‘ri tanlangan belbog‘ va kamarlar hamma liboslar ko‘rinishiga nazokat bag‘ishlaydi.

    Sharf

    Asosiy garderobingizda kashemirdan chiroyli sharf ham bo‘lishini tavsiya qilamiz.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Liboslaringiz uchun eng zarur bo‘lgan aksessuarlar