08:13 / 25.02.2017
6 855

Ish joyida bo‘yindagi og‘riqni kamaytirish yo‘llari

Ish joyida bo‘yindagi og‘riqni kamaytirish yo‘llari

Zamonamizning eng keng tarqalgan muammolardan biri – bo‘yin va beldagi og‘riqlar hisoblanadi. Odatda bunday og‘riqlar ko‘pincha o‘tirib ishlaydiganlarni ayni ish vaqtining o‘rtasida bezovta qiladi.

1. Ish joyini zamonaviylashtiring

Klaviaturani tirsaklar 90 darajali burchak ostida bukiladigan va stol ustidan osilib turmaydigan qilib joylashtiring. Qo‘lning bunday holati bilaklarni charchashdan saqlaydi.

2. O‘rindiqni almashtiring

Shifokorlar maxsus ortopedik o‘rindiqlarni tavsiya qiladi. Bunday o‘rindiqlar mushaklardagi kuchlanishni yumshatish va beldagi bosimni kamaytirish bilan bukchayishning oldini olishga yordam beradi.

3. Mashq qilish vaqti

Ish kuni davomida har 45—60 daqiqada turish va mashq qilish juda muhimdir. Bu tanani o‘tirish holatida tutib turuvchi mushaklarning ma’lum guruhlari kuchlanishini yengillashtirishga yordam beradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ish joyida bo‘yindagi og‘riqni kamaytirish yo‘llari