Ko‘rsatuv va filmlar tomosha qilish albatta juda qiziqarli, lekin doimiy ravishda televizor ko‘rish oqibati ko‘rishning yomonlashishiga, so‘z boyligining kamayishiga va bosqichma-bosqich inqirozga olib keladi. Kitoblar esa, ularni o‘qish qiziqarli va foydali bo‘lishiga qaramasdan, juda tezlik bilan unutilib bormoqda. Bu maqolada biz o‘qishning foydali ekanligini isbotlovchi 5 ta asosiy dalil bilan tanishtirmoqchimiz.
So‘z boyligi
Kitob o‘qish bizning so‘z boyligimizni kengaytirish imkonini beradi. Kitoblarda siz muntazam ravishda o‘zingiz hali eshitmagan so‘zlarni uchratasiz, ularning ma’nosini va yangi ma’lumotlarni bilib olishga intilasiz. Natijada so‘z boyligingiz oshishi bilan birga umumiy bilim saviyangiz ham oshadi.
Nutq mahorati
Kitoblar bizning so‘z boyligimizni oshirish bilan birga, odamlar bilan muloqot qilishga va suhbatni to‘g‘ri olib borishga o‘rgatadi.
Bilimdonlikning umumiy darajasi
Albatta, kitob o‘qish bizning dunyoqarashimizni kengaytiradi. Navbatdagi asarni o‘qishga berilib ketganimizdan boshqa dunyoga kirib olamiz, ilgari bilmagan asoslarga duch kelamiz va o‘zimizga ham atrofdagilarga ham aqlliroq, qiziqarliroq ko‘rina boshlaymiz.
O‘ziga ishonch
Aqlliroq va bilimdonroq bo‘lganingiz sari, o‘zingizga bo‘lgan ishonchni ham oshira boshlaysiz. Siz har doim yig‘inlarda nima deyishni, o‘zingizni ko‘rsatishni, suhbatni qanday olib borishni va o‘zingiz haqingizda yaxshi taassurot qoldirishni juda yaxshi bilib borasiz.
Xotira va fikrlash
Shuningdek ko‘rinib turgan asoslardan yana biri – kitoblar bizni kengroq fikrlashga, ba’zi lahzalarni va tafsilotlarni o‘ylab ko‘rishga, muhim faktlarni esda saqlashga majbur qiladi. Ayniqsa siz esda saqlash va ma’lumotlarni o‘zlashtirish jarayonini yaxshilashni xohlayotgan bo‘lsangiz, bu holat miya uchun ajoyib mashq hisoblanadi.
Manba: «Daryo» “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi