Hamma narsaga ulgurish va hech charchamaslik uchun nima qilish kerak?

  • 25 aprel 2017, 17:39
  • 9 902
  • Hayot tarzi
  • Hamma narsaga ulgurish va hech charchamaslik uchun nima qilish kerak?
    Hamma narsaga ulgurish uchun birinchi navbatda qilinadigan ishlarni oldindan rejalashtirish lozim. Agar siz haligacha kunni rejalashtirishni bilmasangiz, unda buni o‘rganishning vaqti keldi!

    Bir varaq qog‘oz oling va ertangi kun qilishingiz kerak bo‘lgan eng muhim ishlarni yozib chiqing. Shunday ishlar bo‘ladiki, ular hech ko‘zingiz oldidan ketmaydi, lekin ularni bajarish keyinga surilaveradi. Ertaga qilaman deb o‘ylaysiz. Ertasi kuni ham ertaga qoldiriladi va bu shunday davom etaveradi. Aynan shunday qilish noto‘g‘ri.

    Hammasini rejalashtirgan va muhimligi bo‘yicha joylashtirgan bo‘lsangiz, endi bu ishlarni bajarish vaqti keldi. Bajarish rejasini tuzing: aynan nimani bajarmoqchisiz, qaysi kunlari va vaqtlarda, bu ishlarni bajarishga qancha vaqt sarflaysiz. Bu juda muhim!

    Keyingi qoida – bitta nuqtani ko‘zlang. Bu nimani anglatadi? Hech qachon bir vaqtning o‘zida bir nechta ish bajarmang. Agar bir ishga kirishgan bo‘lsangiz, diqqatingizni to‘liq shu ishga qarating. Telefonni o‘chirib qo‘yasizmi yoki xonani yopib olasizmi – sizga hech narsa xalal bermasligi va chalg‘itmasligi kerak.

    Yana bir qoida – mas’uliyatni his qiling. Har bir ishning muddati bo‘lishi kerak va agar siz buni belgilamagan bo‘lsangiz demak, siz mas’uliyatni o‘zingizga olmagansiz.

    Oxirgi qoida – behudaga vaqtni oluvchi narsalardan voz keching. Vaqtni behuda oluvchilar hammada ham bor. Qimmatli vaqtingizni olgan, lekin foyda keltirmagan narsalarni bir boshdan yozib chiqing. Masalan, telefon orqali suhbat, seriallar, ijtimoiy tarmoqlar va hokazolar. Ishga kirishayotganingizda bu ro‘yxatdagilardan hech biri sizni chalg‘itmasligiga ishonch hosil qiling.

    Manba: «Daryo»

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Hamma narsaga ulgurish va hech charchamaslik uchun nima qilish kerak?