Chunki baxtsiz bo‘lish osonroq. Baxtsizlik sizga Baxt bera olmagan ko‘p narsalarni berishi mumkin. Baxt esa sizdan ko‘p narsani talab qiladi.
Baxtsizlik sizni o‘ziga xos va boshqacha qiladi.
Baxt esa umumiy tushuncha. Daraxtlar baxtli, hayvonlar baxtli va qushlar ham baxtli. Jamiki mavjudot baxtli, insonlardan tashqari…
Baxtsizlik – sizga e’tibor qaratish imkonini beradi.
Sizni tushkun va xafa xolda ko‘rishsa, sizga taskin berishadi. Mehr ko‘rsatishadi, asrab-avaylashadi. Kim ham baxtsiz odamni ranjitishni istardi? Kim ham baxtsiz odamga rashk qiladi? Kim ham baxtsiz odam bilan dushman bo‘lgisi keladi?
Kasal bo‘lib, baxtsizlik domiga tushib qolsangiz, do‘stlaringiz sizni yo‘qlab kelishadi, dalda berishadi, yoningizda bo‘lishadi. Ishlaringiz yurishib, baxtli ekaningiz bilinib tursachi, o‘sha do‘stlaringiz orasida sizga g‘arazlik qiladiganlar topiladi.
Baxtli insonni hech kim yaxshi ko‘rmaydi. U o‘zining baxti bilan atrofdagilarga ozor beradi. Qolganlarni noroziliklari sezila boshlaydi. «Qanday qilib shuncha tashvishlar ichida baxtli bo‘lish mumkin?» “Nega aynan U hayotdan mamnun, biz esa muammolar girdobidamiz?“…
Anglab turganingizdek, dunyo ko‘plab baxtsizlardan iborat va ularning hech biri dunyoga qarshi boradigan darajada kuchli emaslar: bu shunchalar xavfli, shunchalar xatarli tuyuladiki… Shu baxtsizlikka ko‘nikib yashashni, dunyoning bir bo‘lagi bo‘lib qolishni afzal bilishadi.
Baxt – bu shunchaki baxt. Inson o‘zga dunyoda yashaydi. U endi inson ongi bilan yaratilgan dunyoning bir bo‘lagi emas, u endi tartibsiz voqelikning bir qismi emas. U umuman vaqtning izmida emas. Baxtli inson hech kimga va hech nimaga qaramlikni his qilmaydi. Uning uchun vaqtning qanday o‘tganini ahamiyati yo‘q. U baxtli. Shunchaki baxtli…
Mambetova Shahnoza
Manba: mulohaza.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi