06:00 / 27.07.2018
13 267

Rizqning kalitlarini bilasizmi?

Rizqning kalitlarini bilasizmi?
1. Iymon:

«Agar o‘sha joyning ahli iymon keltirib, taqvodor bo‘lganida, Biz ularga osmonu yerdan barakot (darvozalarini) ochib qo‘ygan bo‘lur edik. Lekin ular(payg‘ambarimizni) yolg‘onchi qildilar. Shuning uchun ularni qilgan gunohlari sababli ushladik» («A’rof» surasi, 96-oyat).

2. Taqvo:

«Kim Allohga taqvo qilsa, U Zot uning yo‘lini ochib qo‘yadi va unga o‘zi o‘ylamagan tarafdan rizq berur» («Taloq» surasi, 2 3 oyatlar)

3. Istig‘for:

«Men: «Robbingizdan mag‘firat so‘ranglar, U Zot G‘ofurdir, ustingizga osmondan yomg‘ir yog‘dirur» dedim» («Nuh» surasi, 10 12 oyatlar)

4. Shukr:

«Robbingiz sizga: «Shukr qilsangiz, ziyoda qilurman. Kufr keltirsangiz, azobim shiddatlidir» deb bildirganini eslang» («Ibrohim» surasi, 7 oyat).

5. Infoq va ehson:

«Ayt: «Robbim qaysi bandasini xohlasa, o‘shanga rizqni keng qilur yoki tor qilur. Har bir infoq qilgan narsangizning o‘rnini to‘ldirur. U Zot rizq berguvchilarning yaxshisidir» («Saba’» surasi, 39 oyat)

6. Nikoh:

«Oralaringizdagi nikohsizlarni va qulu cho‘rilaringizdan solihlarini nikohlab qo‘ying. Agar faqir bo‘lsalar, Alloh ularni O‘z fazlidan boy qilur. Alloh (fazli)keng, bilguvchi Zotdir» («Nur» surasi, 32 oyat).

7. Tavakkul:

Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Allohga haqiqiy tavakkul qilsangiz, U Zot qushni rizqlantirganidek, sizlarni ham rizqlantirib qo‘yar edi. Qushlar qorni och ketib, qorni to‘q qaytadi», deganlar. (Imom Termiziy rivoyati.)

8. Silai rahm:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim rizqi keng yoki umri uzoq bo‘lishini istasa, silai rahm qilsin», deganlar» (qarindoshlar bilan asosan kambag‘allari bilan bordi keldi qilsin) (Imom Buxoriy rivoyati.)

9. Haj va umra:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Haj bilan umrani bir biriga ergashtiringlar. Bosqon temir, oltin va kumushdagi kirni ketkazganidek, haj va umra kambag‘allik va gunohlarni ketkazadi», deganlar (Imom Termiziy rivoyati).

10. Muhtojlarga xayr-ehson qilish:

Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Sizlarga zaiflaringiz sababli nusrat va rizq beriladi» deganlar.

Manba: Arabic.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Rizqning kalitlarini bilasizmi?